alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

HINDISTONNING “ACN GROUP OF INSTITUTIONS” KOMPANIYASI RAHBARI BILAN ONLAYN UCRASHUV O‘TKAZILDI

23:35 04.05.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida tibbiy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda xalq tabobatini rivojlantirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning aprel oyida institut rektori M.Madazimov xizmat safari bilan Hindistonda bo‘lib, xalq tabobati, akademik mobillik kabi qator masalalarda hamkorlik shartnomalarini imzolab qaytgan edi. Bugun, 4-may kuni Hindistonning “ACN group of  Institutions” kompaniyasi rahbari Dr.M.S.Khan bilan institut rektorining online uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Uchrashuvda Ayurveda (Hindiston xalq tabobati) sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, “ACN group of  Institutions” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi 13 ta oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Aligarh Ayurvedic Medical Institute bilan “3+1,5” tamoyili asosida qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ushbu institut delegatsiyasini Andijon davlat tibbiyot institutiga xalq tabobatini mutaxassislarimizga 2 oylik dars o‘tish orqali o‘rgatishga jalb qilish, to‘garaklar tashkil etishga kelishib olindi.

Yakunda, o‘quv dasturlar o‘rganib chiqilishi, mutaxassislar tayyorlash uchun Hindistondan delgatsiya institutga jalb qilinishi va natijada viloyatimizda Ayurvedik markaz ochilib, hamkorlikda xalq tabobati usulida dorilar ishlab chiqarilishiga oid ramziy hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!