alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XOTIRA – MUQADDAS, QADR-ABADIY

14:09 06.05.2023

Xotira shundayki, u millat tarixi, o‘zligi, madaniyat va ma’naviyatini o‘zida mujassam etadi. Qadr esa insonni yuksaklikka ko‘tarib, qalblarni quvonchga to‘ldiradi.

Andijon davlat tibbiyot institutida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira – muqaddas, qadr – abadiy” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov institut rektori M.Madazimovning tabrik so‘zini o‘qib eshittirdi.

 

Shundan so‘ng, marhum ustozlar xotirasiga bag‘ishlab tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Tadbirda so‘z olgan yoshi ulug‘ ustozlar mashaqqatli, sharafli mehnat faoliyatlari va hamisha hurmat hamda ardoqda ekanliklaridan mamnunliklarini bildirdilar.

 

Institut rektori buyrug‘iga asosan, uzoq yillardan buyon yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib kelayotgan faxriy ustozlarga institut kasaba uyushmasi tomonidan sovg‘alar taqdim etildi.

 

Tadbirning badiiy qismida iqtidorli talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar raqslar hamda urush yillarining azobli kunlari tasvirlangan sahna ko‘rinishlari ijro qilindi. Xorijiy talabalar tomonidan o‘zbek tilida aytilgan she’rlar barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi. “Andijon polkasi” esa ustozlarni ham raqsga chorladi.

Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, barchaga maroqli hordiq onlarini hadya etdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!