O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizom va ushbu nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2012-yil 10-iyuldagi №200 sonli buyrug‘ini ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida tibbiy ko‘riklar tashkil qilindi.
Unda institut professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar joriy yilning 10-may – 3-iyun kunlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishlari rejalashtirilgan.
Tekshiruvlarning dastlabki kuni reja asosida Davolash fakulteti 1-bosqich talabalarining 410 nafari institutning 32 nafar mutaxassislari tomondan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, tibbiy ko‘rik davomida qonning laborator, EKG va UTT tekshiruvlaridan ham o‘tkazilib, kerakli maslahatlar berildi.