alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI KENGASHI A’ZOLARI TASDIQLANDI

16:49 11.05.2023

Joriy yilning 11-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2023-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining oliy taʼlim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi bilan hamkorlikda suhbat jarayonlari tashkil etildi.

Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi H.Qo‘chqorov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi vakillari hamda 75 nafar koordinatorlikka nomzod talabalar ishtirok etdilar.

 

O‘tkazilgan suhbat jarayonlaridan so‘ng, quyidagi lavozimlarga koordinatorlar tayinlandi va ular faoliyatni boshlashga kirishdilar:

Intellektual  loyihalar koordinatori – Shohjahon Abdurahmonov;

Besh tashabbus loyihalari koordinatori – Fayzullo Hojimatov;

Harbiy vatanparvarlik loyihalari koordinatori – Shaxbozbek Akbarov;

Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori – Muhammadyusuf Yusupov;

“Yoshlar daftari” va metsenatlik dasturi kooridinatori – Boburjon Shokirov;

Talaba-qizlar koordinatori – Nodiraxon Foziljonova.

Davolash fakulteti koordinatori – Diyorbek Obidov;

Pediatriya fakulteti koordinatori – Xusanboy Sulaymonov;

Stomatologiya fakulteti koordinatori – Omadbek Umarov.

 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!