Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, aziz hamshiralar!
Bugun, 12-may – Xalqaro hamshiralar kuni. Ya’ni, biz shifokorlar bilan bir safda turib, bemorlarning shifo topishida shirin so‘z, mehr va e’tiborini ayamaydigan fidoiylar bayrami.
Hamshira deganda, ko‘z oldimizda yuzlari kulib turadigan, mehribon siymo gavdalanadiki, u bemorlarning har birini alohida g‘amxo‘rlik bilan parvarish qiladi.
Patronaj hamshiralarni doimo mahallalarda, aholi vakillari bilan uchrashuvlarda ko‘ramiz bu esa xalqimizga qanchalik yaqinliklari va ularning salomatliklari haqida qayg‘urishlaridan dalolatdir.
2021-yil 5 may kunidagi PF 6221 –sonli Prezident farmoni bilan Respublikamizda 10 ming, keyingi yilga yana 10 ming, jami 20 ming shtatda yangi hamshiralar ish o‘rinlari yaratildi. Ular millionlab bemorlarning shifo topishlarida muhim o‘rin tutadilar.
Eginidagi libosi kabi qalbi pok, insonlar salomatligi uchun sidqidildan mehnat qilayotgan o‘rta tibbiyot xodimlarining mehnatlari doimo e’tibor markazida.
Aziz hamshiralar! Barchangizni bugungi bayram bilan o‘zim hamda institut jamoasi nomidan qizg‘in muborakbod etaman. Oilangizga tinchlik, xotirjamlik, sharafli va mashaqqatli mehnat faoliyatingizda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolaman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
M.M.Madazimov
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor.