alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA MUQOBIL ENERGIYA MANBALARINI O‘RNATISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA

13:01 13.05.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-57-sonli qarori ijrosiga muvofiq Andijon davlat tibbiyot institutida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xozirga qadar, institutdagi Axborot resurs markazi va o‘quv-laboratoriya binolari tomiga 100 kVtli 190 dona quyosh foto elektrik panellari o‘rnatilgan. 2023-yil mart-avgust oylarida institut o‘quv-laboratoriya, talabalar turar joylari  va maʼmuriy binolarning tom qismlariga qo‘shimcha 400 kVt quyosh panellari o‘rnatish hamda ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shu asosda bosh o‘quv laboratoriya binosi ma’ruza zallari tom qismiga 100 kVtli 186 dona quyosh foto elektrik panellari o‘rnatildi.

Endilikda institutning 2-o‘quv laboratoriya binosining tom qismiga 100 kVtli quyosh foto elektrik panellarini o‘rnatish  ishlari  olib borilmoqda.

Talabalar turar joy binolari tom qismiga 200 kVtli quyosh foto elektrik panellarini o‘rnatish uchun montaj ishlari yakunlandi.

 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!