alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT XODIMLARI O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN MINI FUTBOL SPORT TURI BO‘YICHA TURNIR MUSOBAQALARI YAKUNLANDI

21:45 13.05.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari o‘rtasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan mini futbol sport turi bo‘yicha  turnir musobaqalari o‘tkazildi.

3 kun davomida o‘tkazilgan musobaqalar yakunida saralash bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar o‘zaro bellashdilar.

Musobaqaning final bosqichi turnirning eng yaxshi o‘yinchilari va g‘olib jamoalarini aniqlab berdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rinni institut xodimlari jamoasi;

2-o‘rinni Stomatologiya fakultet jamoasi

3-o‘rinni tyutorlar jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov ishtirok etib, ularni ushbu yutuq bilan tabrikladi. Jamoalar a’zolari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!