alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BOʻSH ISH OʻRINLARI” MEHNAT YARMARKASI ORQALI KO‘PLAB TALABA-YOSHLARNING BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

13:42 17.05.2023

Talaba-yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularni bandligini taʼminlash, maqsadida ish beruvchi davlat muassasa va tashkilotlari hamda Andijon shahar   kambag‘allikni qisqartirish  va Bandlikka  ko‘maklashish markazi xodimlari   bilan hamkorlikda Andijon davlat tibbiyot institutida Karyera kuni  “Boʻsh ish oʻrinlari” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

Yarmarkaning ochilish marosimini institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib, hozirga qadar ko‘plab talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarida ishlab, oilasiga ko‘mak berayotgani va bugungi yarmarka orqali ham ko‘plab talabalarni ish bilan ta’minlanishiga erishish ko‘zda tutilganini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, so‘z olgan Andijon shahar Kambag‘allikni qisqartirish  va Bandlikka  ko‘maklashish markazi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari A.Yusupov talabalarga bo‘sh ish o‘rinlari bilan batafsil tanishib, o‘zlariga ma’qul kelgan ishni tanlash imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.

Mazkur tadbirda Andijon viloyati tuman va shaharlarda faoliyat yuritib kelayotgan 50 ta tibbiyot birlashmalari o‘zlaridagi mavjud 215 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar. Institut talabalari taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishgan holda o‘zlariga ma’qul kelgan yo‘nalishlar bo‘yicha ro‘yhatdan o‘tdilar.

Yarmarka natjasida 35 nafar talabaga korxona, tashkilot va muassasalardagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. 7 nafar talaba yarmarkaning o‘zida  ishga joylashtirildi. Tadbirda qatnashgan barcha talabalarga mehnat qonunchiligi va boshqa masalalar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!