Andijon davlat tibbiyot instituti Bolalar jarrohligi kafedrasi tomonidan talabalar turar joyida “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni Bolalar jarrohligi kafedrasi mudiri B.Mirzakarimov kirish so‘zi bilan ochib, bu kabi uchrashuvlar yosh avlodga ustozlar haqida ko‘proq bilish, ularni soha bo‘yicha amalga oshirgan ishlaridan xabardor bo‘lgan holda ilmiy faoliyatlarida dasturulamal sifatida foydalanishlariga imkoniyat yaratishi haqida aytib o‘tdi.
Ushbu tadbirda kafedra faxriy dotsentlari N.Akbarov, J.Djumabayev, G‘.To‘ychiyev, Ch.Abduvaliyeva ishtirok etdilar. Talabalar bilan suhbat jarayonida ustozlar institutning tashkil topishi, uning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar, ularning qoldirgan boy ilmiy merosi, hozirda tibbiyotda katta yutuqlarga erishib kelayotgan shogirdlari haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, Bolalar jarrohligi kafedrasining tashkil topishi, tarixi, fidokorona mehnat faoliyatini olib borgan ustozlar haqida aytib o‘tdilar. Hozirgi paytda yoshlarning yurtimizda va xorijda ilm olish imkoniyatlari keng yaratilgani va undan unumli foydalangan holda yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlari mumkinligini ta’kidladilar. Ularni doimiy izlanish va harakatdan to‘xtamay yuksak marralarni zabt etishlariga tilak bildirdilar. Yakunda faol ishtirok etgan talabalarga ustozlar tomonidan kitoblar taqdim etildi.