alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI QURILISH JARAYONLARI BILAN TANISHDI

16:53 19.05.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatiga tashrifi davomida 1949-yilda qurilgan markaziy ilmiy tekshirish binosini qayta qurish va jihozlash ko‘rsatmasi berilgan edi.

 

Shu asosda hozirda, ushbu binoda viloyat Qurilish boshqarmasi buyurtmasi asosida qurilish tashkiloti ish boshlab, binoning tuproq ishlari yakunlanib, yerto‘lasini betonlash hamda fundamentlar montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov mazkur qurilish jarayonlari bilan tanishib, quruvchilar bilan suhbatlashdi va kerakli tavsiyalarni berdi.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 563-sonli qaroriga asosan Davlat sherikchilik asosida Talabalar turar joyi binosi hududida qurilgan 400 o‘rinli hamda hozirda qurilayotgan 400 o‘rinli TTJlar holati, ushbu manzillarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, institut Akademik litseyi hududida bo‘lib, u yerdagi isitish tizimining holati, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Akademik litsey direktori hamda masʼullar bilan holatlar haqida suhbatlashib, kerakli tavsiyalar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!