alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI MARHAMATLIK YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

21:43 19.05.2023

Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yana-da oshirish topshirig‘i ijrosini sifatli olib borish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, institutga biriktirilgan Marhamat tumani “Qovunchi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 72 nafar yoshlar bilan muntazam tarzda individual ish olib borilmoqda. Joriy yilning 19-may kuni Marhamat tumani xalq taʼlimiga qarashli 22-IDUM da Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov tomonidan Marhamat tumani ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi bosh vrachi, mahalla raisi hamda yoshlar yetakchisi ishtirokida “qizil” toifaga kiritilgan yoshlar bilan sayyor qabul ushrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv jarayonida davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan eʼtibor hamda ularga yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar bo‘yicha tushunchalar berildi.

Hozirgi kunda institutga biriktirilgan alohida toifaga olingan yoshlar muammolari tinglandi. Shulardan 29 nafar fuqaroning salomatligi bo‘yicha murojaatlari o‘rganilib, travmatologiya yo‘nalishi – 4 nafar, endokrinologiya yo‘nalishi – 5 nafar, gematologiya va onkologiya – 3 nafar, nevroxirurgiya yo‘nalishi – 4 nafar, LOR yo‘nalishi – 3 nafar, terapiya va kardiologiya – 5 nafar, psixonevrologiya yo‘nalishi – 2 nafar, teri-tanosilligi yo‘nalishi – 3 nafar fuqaro malakali oliy toifali shifokorlar, professor-dotsent mutaxassislarga yo‘naltirildi.

Institut rektori uchrashuvda barcha yoshlar bilan birma bir subatlashib, ulardagi muammolarning bugungi kun holatiga yechimlari muhokama qilindi va ularning salomatligi bo‘yicha joriy yilning 25-may kuni institut professor-dotsent mutaxassislar tarkibida  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilishi rejalashtirildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!