alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT XOTIN-QIZLAR MASLAHAT KENGASHI A’ZOLARI HAMDA AYOL TYUTORLAR ISHTIROKIDA YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

00:18 20.05.2023

Joriy yilning 18-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova tomonidan institutda ayol qizlarning faolligini oshirish, ularning muammo va takliflarini tinglash maqsadida kengash a’zolari hamda ayol tyutorlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda dastlab institut ichki tartib qoidalari, kiyinish madaniyatiga rioya qilish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi. Ushbu jarayonlarda eng birinchi navbatda tyutorlarning o’zlari namuna bo’lishlari haqida so’z yuritildi. Shuningdek, talaba-yoshlar bilan ishlash jarayonida ularga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatib, turli ko‘rik tanlovlar, fan olipiadalarida ishtirok etishga yo‘naltirish, ota-analar bilan hamkorlik qilish muhimligi ham aytib o‘tildi.

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tarzda o‘tkazishlari uchun amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi. Yakunda, yig‘ilish qatnashchilari tomonidan aytilgan muammo va takliflar tinglanib, kerakli tavsiya hamda maslahatlar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!