alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SAN’AT MALIKALARI” KOʻRIK-TANLOVI HAQIQIY IQTIDORLARNI KASHF ETDI

00:50 20.05.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti hamda “Qizlarjon” klubi faollari hamkorligida talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, iqtidorini namoyish qilishlariga ko‘maklashish hamda rag‘batlantirish maqsadida fakultetlarning talaba-qizlaridan tarkib topgan jamoalar ishtirokida “San’at malikalari” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, institut psixologi O‘.Arziqulov ishtirok etdilar.

 Tanlovda Davolash fakultetining «Nastarin», Stomatologiya va Farmatsiya fakultetining “Tibbiyot sadaflari”, Pediatriya fakultetining “Nafosat malikalari” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Jamoalarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan kuzatib, baholab borildi.

Tanlov 3 ta: tanishtiruv, millatlararo raqslar jamlanmasi (kompozitsiya), talaba-qizlar hayotidan qiziqarli lavhalar shartlari asosida tashkil qilindi. Har bir chiqish o‘ziga xos va noodatiy yondashuv bilan tayyorlangan bo‘lib, talaba-qizlar har bir rolni mahorat bilan ijro etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rinni Davolash fakultetining “Nastarin” jamoasi;

2 -o‘rinni Stomatologiya va Farmasevtika fakultetining “Tibbiyot sadaflari” jamoasi;

3-o‘rinni Pediatriya fakultetining “Nafosat malikalari” jamoalari qo‘lga kiritdilar.

Jamoalar diplom hamda ularning har bir a’zosi 1 oylik stipendiya bilan taqdirlandi. Mukofot vaucher shaklida jamoa sardorlariga taqdim etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!