Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 31-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Xirurgiya mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazildi.
Imtihon komissiyasiga B.Abdullajonov raislik qildi. Hay’at a’zolari sifatida t.f.d., dotsentlar D.Xakimov, A.Qosimov, M.Nishonov hamda PhD, dotsent M.Nosirovlar ishtirok etdi.
Barchaning guvohligida savollar papkasi ochildi va talabgorlar imtihon biletlarini tanlab oldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, imtihonda 5 nafar falsafa doktorlik dissertatsiyalarni bajarayotgan talabgorlar sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdilar.