ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA HAMKORLIK UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA HAMKORLIK UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA

14:47 01.06.2023

Joriy yilning 1-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Rossiya Federatsiyasi, Yurak-qon tomir jarrohlik ilmiy-amaliy markazi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, t.f.d.,  professor, neonatal kardio-jarroh Svobodov Andrey Andreevich bilan institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar ikki mamlakat tibbiyot sohasidagi yangiliklar, tibbiy ta’limni yana-da rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar xususida suhbat olib bordilar.  Shuningdek, markaz hamda institut o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Yakunda, mehmonga institut tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Skip to content