alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI YANGI QURILAYOTGAN 2000 O‘RINLI O‘QUV BINOSIDAGI JARAYONLAR BILAN TANISHDI

20:26 01.06.2023

Bugun, 1-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hozirda qurib, bitkazilayotgan 2000 o‘rinli yangi o‘quv binosini ko‘zdan kechirdi.

Mazkur inshoot O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi 713-son qarori 14-bandiga asosan institutning yangi o‘quv binosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yangi Andijon» shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yana-da qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» hamda 2021-yil 21-iyundagi PQ-5154-son qaroriga muvofiq ajratilgan mablag‘lar va Institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari, Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi binosi Institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qurilishi belgilangan.

Shuningdek, mazkur bandda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda yangi o‘quv binolaridagi Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyalarini hamda simulyatsion o‘quv markazini xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan jihozlanishini taʼminlash ko‘zda tutilgan.

Hozirda yangi o‘quv binosida asosiy qurilish ishlari amalga oshirilib, endilikda tashqi fasad hamda ichki pardozlash, jihozlash, telekommunikatsiya tarmoqlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Institut rektori binoga keltirilgan zamonaviy ta’lim jihozlari, patra va stullarning sifatini ko‘zdan kechirdi. Ularni tanlash va xonalarga joylashtirish masalalarida hamda qurilish jarayonlari bilan bog‘liq tavsiyalarni berdi.

Markaziy ilmiy tekshirish laboratoriya binosida ham qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Hozirda binoning birinchi qavatida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!