alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MISRLIK MUTAXASSIS TOMONIDAN TALABALARGA 10 KUN DAVOMIDA MA’RUZALAR O‘QILDI

19:44 06.06.2023

Joriy yilning 20–21-fevral kunlari Qohira shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Misr sammitidagi ikki mamlakat rahbarlarining Qo‘shma bayonotida taʼlim sohalarida hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan edi.

Shu munosabat bilan Andijon davlat tibbiyot institutida Misr Arab Respublikasidagi Zagazig universiteti oftalmologiya (ko‘z kasalliklari) yo‘nalishi professori Ahmed Taufik Ali Ibrahim dars jarayonlariga jalb qilindi.

“Orbital jarohatlar”, “Korneoskleral shikastlanish ва jarohatlar”, “Ko‘zni protezlash asoslari. Tabiiylik + harakatchanlik”, “Refraksion jarrohlik tarixi”, “Ko‘z qovoqlari kasalliklarini tashxislash va davolash ReLEx SMILE tashrix usuli”, “Femto – katarakta”, “Yamane” texnikasi (kataraktani olish va IOL implantatsiyasi) bo‘yicha maslahatlar va tavsiyalar”, “A dan Z gacha bo‘lgan glaukoma”, “Korneoskleral transplantatsiya”, “Shox pardaning teshilgan yarasi: diagnostika va davolashga zamonaviy yondashuvlar”, “Tug‘ma proptoz”kabi mavzularda 10 kun davomida Davolash fakulteti hamda Tibbiy profilaktika yo‘nalishi talabalariga ma’ruzalar o‘qidi.

Ma’ruzalar davomida nazariy bilimlar berish bilan cheklanib qolmay, hayotiy tajribalardan o‘tgan misollar yordamida ham talabalarga mavzular tushunarli tarzda yetkazib berildi. Talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batfasil javoblarni olib, bilimlarini mustahkamladilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!