alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING 24 NAFAR XODIMLARI MALAKA OSHIRISH UCHUN XORIJGA YUBORILMOQDA

18:09 07.06.2023

Hozirgi kunda Andijon davlat tibbiyot instituti 15 dan ziyod xorijiy davlatlarning 60 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari, tibbiy ilmiy tekshirish markazlari bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalarini imzolagan bo‘lib, ular doirasida xorijiy professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar va olimlarni institutga jalb qilish va institut mutaxassislarini xorijda malakasini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugun 7-iyun kuni  institut rektori M.Madazimov Qozon Federal universitetiga malaka oshirish va stajirovka o‘tash maqsadida ketayotgan 24 nafar professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi. Ularning safarga chiqish yuzasidan taklif va mulohazalari yuzasidan kerakli tavsiya hamda masʼullarga topshiriqlar berdi.

Ushbu xodimlarning barchasiga safar xarajatlari institut tomonidan to‘liq qoplab berilmoqda. Mazkur xizmat safariga Xirurgik kafedralardan 5 nafar, Pediatriya yo‘nalishi kafedralaridan 10 nafar, Terapiya yo‘nalishidan 5 nafar,Umumiy va Ijtimoiy gigiyena bo‘yicha 4 nafar professor-o‘qituvchilar yuborilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 3-4-iyun kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumi doirasida Qozon Federal universitetining Biomeditsina bo‘yicha prorektori Kiyasov Andrey Pavlovich bilan Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish hamda institutimizga universitetning professor-o‘qituvchilarini doimiy ravishda dars jarayonlariga taklif etish yuzasidan kelishuvga erishilgan edi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!