O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasida “ROSOMED” va “Medkompleks” bilan hamkorlikdagi “U – Robotics” ko‘magida “Anesteziologiya – reanimatologiyadagi og‘ir vaziyatlar” mavzusidagi mahorat darsi tashkil etildi.
Unda Andijon davlat tibbiyot instituti Anesteziologiya – reanimatologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi mutaxassislari hamda simulyatsiya markazi trenerlari ishtirok etdilar.
Trening anesteziologiya va reanimatsiya bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun simulyatsiya uskunalari ustida ishlaydigan yetakchi mutaxassislardan biri Andreenko Aleksandr Aleksandrovich tomonidan olib borildi. Mahorat darsi davomida qiyin intubatsiya, shok holatlari, politravma va boshqa o‘ta og‘ir holatlar bo‘yicha ma’lumotli ma’ruzalar va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, Reanimatsiya va intensiv davolash bo‘limida qiyin nafas yo‘llarini intubatsiya qilish politravmalarda va o‘tkir qon-tomir yetishmovchiliklarida reanimatsiya va intensiv davolash bo‘limidagi usullar hamda mutaxassis yordami haqida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Unda trening qatnashchilari jarayonlarda faol ishtirok etdilar. Samarali trening yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.