Davlatimiz rahbarining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Institutning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplash maqsadida 500 kVtli quyosh panellari o‘quv-laboratoriya, ARM hamda talabalar turar joylarining tom qismlariga o‘rnatilgan. Shu bilan birga institut yaqinidagi soyga mini GES o‘rnatildi va undan kunlik 250-400 kVt elektr energiyasi olish imkoniyati mavjud.
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madaminjon Madazimov shaxsiy namuna ko‘rsatgan holda o‘zi istiqomat qiladigan xonadoniga ham 5 kVtli quyosh panellarini o‘rnatdi.
Institut rektori bu quyosh panellari xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplagan holda, undan ortgan qismini sotish orqali daromad ham keltirishi mumkinligini aytib o‘tdi.