Xabaringiz bor, ayni kunlarda Andijon viloyatining barcha hududlarida Salomatlik aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Aksiya doirasida tuman, shahar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, Oilaviy shifokorlik punktlari, Oilaviy poliklinikalarda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatga muhtoj bo‘lgan aholiga malakali tibbiy xizmat tashkil etilmoqda.
Mazkur aksiyada Andijon davlat tibbiyot institutining 36 nafar malakali professor-o‘qituvchilari ham turli hududlarga bo‘lingan holda faol ishtirok etmoqda.
Bugun, 21-iyun kuni institut Davolash (amaliyot) ishlari bo‘yicha mas’ul B.Mirzakarimov, Bolalar jarrohligi kafedrasi dotsenti K.Kadirov tomonidan Bo‘ston tumanida o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘riklar jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Tumandagi “Yakka-tol” oilaviy shifokorlik punktida respublika, viloyat va institutning tajribali tibbiyot institutining mas’ul kafedra mudirlaridan tarkib topgan ishchi guruh tomonidan UTT, EKG, Rentgen tibbiyot uskunalari yordamida aholi vakillari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Institut mas’ullari tibbiy ko‘rik jarayonlarida dori-darmonlarni aholiga tegishli retsept asosida berilayotganligi, aholiga yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar. Aholi vakillari bilan suhbat chog‘ida ular mazkur tibbiy ko‘riklardan mamnun ekanliklarini bildirdi.