Joriy yilning 22-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetida tashkil qilingan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdilar.
O‘sh davlat universitetidagi Tibbiyot fakulteti tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan ushbu konferensiyada institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov hamda 12 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Anjumanda mutaxassislarimiz Rossiya, Turkiya, Italiya, Qozog‘iston kabi davlatlardan kelgan tibbiyot sohasi vakillari o‘zaro tajriba almashdilar.
Tantanali marosimda prorektor K.Salohiddinov so‘z olib, institut rektori M.Madazimovning tabrigini yetkazdi. Shuningdek, O‘sh davlat universiteti rektori va Tibbiyot fakulteti dekaniga institut nomidan esdalik sovg‘alarini topshirdi.