alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO SCOPUS EKSPERTI ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI BILAN TANISHDI

18:24 23.06.2023

Andijon davlat tibbiyot institutiga Rossiya Federatsiyasi Oliy kasbiy ta’limning faxriy xodimi, Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining muxbir  a’zosi, Sankt-Peterburgdagi REAVIZ universiteti rektori, Rossiya anatomistlar, gistologlar va embriologlar ilmiy tibbiyot jamiyati vitse-prezidenti, xalqaro Scopus eksperti, t.f.n., professor Radik Magzinurovich Xayrullin tashrif buyurdi.

Professorni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov va Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi mudiri Z.Qahhorov kutib olib, institutning Simulyatsiya va IT markazlari, laboratoriya xonalari bilan tanishtirdi.  R.Xayrullin institutda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratilganligini alohida e’tirof etdi. Ulardan unumli foydalangan holda ushbu ta’lim dargohidan dunyoga mashxur tibbiyot vakillari yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Tanishuvning yana bir manzili ADTI klinikasi bo‘ldi. Professor klinikada amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari, unga keltirilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy tibbiyot texnologiyalari bilan tanishib, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlardan hayratda ekanligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, tomonlarning o‘zaro uchrashuvi davomida birgalikda ilmiy ishlar yozish, maqolalar chop ettirish hamda institutda maxsus treninglar tashkil qilish yuzasidan hamkorlik masalalarida kelishib olindi. Suhbat yakunida mehmonga esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!