Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutda bo‘lib o‘tayotgan qabul jarayonlari mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda dastlab, hozirgi kunga qadar institutda o‘qish istagini bildirib hujjat topshirgan abituriyentlar statistikasi, murojaatlar mazmuni va ularga o‘z vaqtida, batafsil ma’lumotlar berish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisoboti tinglandi.
Institut rektori qabul jarayonlarida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, abituriyentlarni firibgarlarga aldanib qolmasliklari uchun ogohlantirish zarurligi haqida aytib, o‘tdi.
Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha kerakli topshiriqlar berdi.