alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTNING 3 NAFAR FIDOYI USTOZLARI “MEHNAT FAXRIYSI” KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI

12:27 12.08.2023

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan vazirlik va idoralarda faoliyat ko‘rsatib, jamiyatda hurmat qozongan bir guruh fuqarolar “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, ular qatori Andijon davlat tibbiyot institutining jonkuyar, yoshlarni masʼuliyatli va sharafli bo‘lgan shifokorlik kasbini yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlarida o‘z bilim va faolligini ayamayotgan,   ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo‘shib, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi xizmati uchun 2-akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Negmatshayeva Xabiba Nabiyevna, 1-fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi dotsenti Saidxojayeva Jo‘raxon Gafurovna, Davolash fakulteti uchun pediatriya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Arzibekov Abduqodir Gulyamovich ham eʼtirof etildi.

 

Institut jamoasi ushbu eʼtirofga sazovor bo‘lgan aziz ustozlarni samimiy tabriklab, kasbiy faoliyatlatida omad va zafarlar, oilaviy tinchlik, xotirjamlik tilaydi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!