Ayni kunlarda, respublikamiz bo‘ylab “Obodonlashtirish oyligi” bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, Andijon davlat tibbiyot institutida ham muassasa hududini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, institut hududidagi binolarning kuz-qish mavsumiga tayyorgaligi, o‘quv hamda talabalar turar-joylarida talabalarga yetarlicha shart-sharoit yaratib berish, binolar atrofini ko‘kalamzorlashtirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish borasida obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.
Shuningdek, tabiatni o‘z holicha asrab-avaylash maqsadida institut hovlisidagi har bir daraxtga rahbar va ishchi xodimlar javobgar etib biriktirildi va hududlar bo‘limlar hamda fakultetlarga taqsimlandi.