2023/2024-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura) ga qabul jarayonlari joriy yilning 25-avgust kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.
Andijon davlat tibbiyot institutining klinik ordinatura (rezidentura) bosqichida o‘qish istagidagi talabgorlarning hujjatlar off-layn tarzda Andijon davlat tibbiyot institutida (Yu.Otabekov ko‘chasi, 1-uy 1-qavat, 1-maʼruza zalida) hamda onlayn tarzda www.ko.adti.uz platformasi orqali amalga oshirilmoqda.
Quyidagi havola orqali qabul kvotalari haqida to’liq ma’lumot olishingiz mumkin:
Klinik ordinaturaga kirish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta muassasada tanlovda qatnashish ta’qiqlanadi (Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son Qarorining 2-ilovasi 16-punkt) 319-son qaror.