INSTITUTDA MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UCHUN O‘QUV-KURSLARI TASHKIL ETILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UCHUN O‘QUV-KURSLARI TASHKIL ETILDI

18:55 25.08.2023

Bugun, 25-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda mahallalardagi xotin-qizlar faollari uchun oʻquv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur oʻquv-seminari mahalladagi xotin-qizlar faollarining normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari, Xotin-qizlar va bolalar huquqlari hamda gender tengligini taʼminlashda xotin-qizlar faolining vazifalari mavzularida nazariy va amaliy darslar oʻtildi.

O‘quv mashg‘ulotlari institutning tajribali professor-oʻqituvchilari Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi  B.Batirova, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Badalova,  O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsent M.Qo‘ziboyeva tomonidan oʻtilib, batafsil ma’lumotlar berildi. Bugungi mashg‘ulotda qatnashchilarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va to‘g‘ri ovqatlanishga doir va yuqorida belgilab qo’yilgan mavzularga oid tavsiyalar berib o‘tildi. Amaliy mashg‘ulotlarda barcha qatnashchilar faol ishtirok etdi.

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!