Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Marhamat tumani “Qovunchi” mahallasida yashovchi qizil toifaga kiritilgan mahalla yoshlari institut rektori M.Madazimovning doimiy diqqat-eʼtiborida bo‘lib kelmoqda.
Mahalla yoshlari bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda ularning fikr-mulohazalari va ularni qiynayotgan muammolar tinglanib, ularga yechim topish borasida amaliy ishlar tizimli tarzda yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bugun, 28-avgust kuni ham institut ishchi guruh a’zolari mahalla yoshlari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi va birlamchi ehtiyojdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmonlar taqdim etildi.