Sizlar joriy yilning 4-sentabr kunidan boshlab quyidagi hujjatlarni institutning asosiy o‘quv binosida joylashgan qabul komissiyasiga taqdim etishingiz so‘raladi:
- Rektor nomiga ariza;
- Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
- Diplom (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
- Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (agar bo‘lsa);
- 3,5 x 4,5 rasm 12 ta;
- Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshvatel);
- Konvert A5 formatida;
- Talabalar turar joyi uchun (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa).
Ushbu hujjatlarni taqdim etilgandan so‘ng, guruhlarga bo‘lingan holda dars jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin.