alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTI REKTORI AMERIKALIK MUTAXASSISLAR BILAN QATOR HAMKORLIK MASALALARIDA UCHRASHUV O‘TKAZDI

15:43 06.09.2023

Bugun, 6-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov ayni kunlarda “O‘zbekiston – AQSH sog‘liqni saqlash haftaligi” doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan amerikalik mutaxassislar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Amerikadagi “Case Western reserve university”ning yurak-torakal jarrohlik bo‘limi boshlig‘i, kafedra dotsenti, t.f.d. Yakov Elgudin hamda psixiatri, t.f.d. Larisa Elgudin bu kabi uchrashuvlar, xalqaro o‘qituvchilar va talabalar almashinuvlari tibbiyot sohasida yetuk, malakali mutaxassislarni yetishtirishda alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdilar. Mazkur uchrashuvda ayni shu kabi tajriba almashinuvlarini yo‘lga qo‘yish kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mutaxassislar institutda talabalarning o‘qish hamda amaliy mashg‘ulotlarni bajarishlari uchun yaratilgan sharoitlar: ma’ruza zallari, simulyatsiya, IT markazlarii va kafedralar bilan tanishdilar. Qolaversa, talabalar bilan uchrashib, sohadagi yangiliklar, kasbni mukammal egallashda muhim bo‘lgan jihatlar haqida suhbatlashdilar.

Institutning yangi qurib bitkazilayotgan o‘quv binosi va ADTI klinikasi mehmonlarning hayratini oshirdi. Bu kabi zamonaviy, barcha qulayliklarga ega, jahon standartlariga mos tibbiy asbob uskunalar bilan ta’minlanayotgan manzillarda tahsil oladigan va amaliyot o‘taydigan bo‘lajak shifokorlar, kelajakda sohaning eng yaxshi mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.

Navbatda esa mehmonlar institut kafedralarida davolanayotgan bemorlar bilan uchrashib, davolanayotgan usullari bilan tanishdi va ularning holatini tekshiruvdan o‘tkazdi.  Yakov Elgudin operatsiya jarayonida ishtirok etib, unda o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!