DAVOLASH FAKULTETI 1-BOSQICH TALABALARINING OTA-ONALARI BILAN UCHRASHUV TASHKIL QILINDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DAVOLASH FAKULTETI 1-BOSQICH TALABALARINING OTA-ONALARI BILAN UCHRASHUV TASHKIL QILINDI

09:31 09.09.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida Davolash fakulteti 1-bosqich talabalarining ota-onlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Unda institut rektori maslahatchisi X.Zokirov, Yoshlar ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Profilaktika katta inspektori J.Xo‘jayev, fakultet dekani B.Mamatov, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘z olganlar  institut ichki tartib qoidalari, kiyinish madaniyati, barcha o‘quv va yashash joylarida odob-axloq hamda gigiyena qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.  Qolaversa, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, masʼuliyat bo‘lishga oid tavsiyalar aytib o‘tildi.

 

Shuningdek, terrorizm, diniy ekstremizmni oldini olish masalasiga ham to‘xtalib, Internet tarmog‘idagi axborot xurujlari taʼsiriga tushib qolmaslik, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan turli  saytlardan foydalanmaslik haqida tushunchalar berildi.

Talabalarning darslarga o‘z vaqtida qatnashishlari berilgan vazifalarni diqqat bilan bajarishlari ularning o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishlari hamda sohaning yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlarida muhim ahamiyatga ega  ekanligi taʼkidlandi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!