Andijon davlat tibbiyot institutida Farmatsiya fakultetining 5-bosqich talabalari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda institut rektori maslahatchisi X.Zokirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov, fakultet dekani Sh.Bozorov hamda dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Unda so‘z olganlar talabalarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, kelgusi o‘quv yilida ular bitiruvchi kurs ekanligini, bu ular uchun juda katta maʼsuliyat yuklashini aytib o‘tdilar. Shu boisdan darslar va amaliyot jarayonlarida o‘z vaqtida ishtirok etib, institutni tamomlagandan so‘ng, el-yurtga sodiq xizmat qiluvchi, jamiyatga foydasi tegadigan farmatsevt-mutaxassislar bo‘lib faoliyat olib borishlari zarurligini taʼkidladilar.
Shuningdek, institutda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, turli stipendiyalarga nomzod bo‘lishligi ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratilgani haqida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi. Bitiruvchi bosqich talabalarini xorijiy OTMlarga magistraturaga yuborish imkoniyatlari haqida ham tushunchalar berildi.