Bugun, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Rossiya Federatsiyasi I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti M.Chernorutskiy nomidagi gospital terapiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor Trofimov Vasiliy Ivanovich bilan uchrashdi.
Unda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida professor bilan hamkorlik masalalarida suhbatlashildi. Shuningdek, institut talabalariga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Yakunda mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.