INSTITUT REKTORI BIRINCHI BOSQICH TALABALARINING OTA-ONALARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI BIRINCHI BOSQICH TALABALARINING OTA-ONALARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

15:30 13.09.2023

Bugun, 13-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutning Davolash va Pediatriya yo‘nalishlari birinchi bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda institut rektori talabalarning sifatli ta’lim olishlari va bu olingan bilimni amaliyotda bevosita bajarib borishlari uchun oliygohda yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirib simulyatsiya hamda Axborot resurs, IT markazlari doimiy shay holatda ekanligini aytib o‘tdi. Talabalarning bo‘sh vaqtlarida o‘z qiziqishlariga mos tarzda shug‘ullanishlari mumkin bo‘lgan turli fan, sport va qo‘l mehnati to‘garaklari faoliyat yuritayotgani haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, talabalarning kasbiy rivojlanishlari uchun shaxsiy kutubxonasini yaratish, til bilish sertifikatlarini olish, kompyuter texnologiyalarini mukammal tarzda o‘zlashtirish muhimligini aytib o‘tdi.

O‘z navbatida talabalarning darslarga vaqtida kelishlari va faol bo‘lishida ota-onalarning ham o‘rni muhimligi bunda ta’lim muassasasi hamda ota-onalarning doimiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Qolaversa, uchrashuvda institut “Ichki tartib qoidalari”, “Odob-axloq kodeksi”, talabalarning kiyinish madaniyati, pedagog va talaba oʻrtasidagi oʻzaro muloqot madaniyati, uyali aloqa vositalaridan foydalanish qoidalari haqida tushunchalar berib, atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ota-onalar ham ushbu uchrashuvdan mamnunliklarini bildirib, farzandlari taqdiriga befarq bo‘lmagan holda institut bilan doimiy hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!