Prezidentimizning 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta`minlash hamda o‘qituvchi va talabalar, aholi vakillari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning jismoniy faolligini oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidandoimiy tarzda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bugun, 13-sentabr kuni Jalaquduq tumanidagi “Kutluq” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi Sog‘lom turmush tarzi targ’ibot tadbiri hamda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda institutning 12 turdagi mutahassisliklarga ega bo‘lgan 18 nafar xodimlari va institut talabalaridan tarkib topgan “Volontyorlar” jamoasi ishtirok etdi. Unda salomatligi bo‘yicha 280 nafar aholi vakillariga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, sport va badantarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanib borish yuzasidan tavsiyalar berib o‘tdilar. Yoshi ulug‘lar uchun uy sharoitida shug‘ullanib borishlari uchun yengil badantarbiya mashqlaridan namunalar ko‘rsatildi.
Barcha tadbir qatnashchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘ruvlar davomida 82 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishga, 12 nafariga tuman, 2 nafariga viloyat davolash muassalariga yo‘llanmalar berildi.
Tibbiy tekshiruvlarda aholi vakillari UTT, EKG, Rentgen, Mobil oftalmologik ko‘ruvlar va laborator tekshiruvlardan o‘tkazildi.