Ayni kunlarda, Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida o‘tkazilayotgan “Markaziy Osiyo mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi”da ishtirok etmoqda. Unda institut prorektori “Andijon davlat tibbiyot institutining fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi” (“Вклад Андижанского государственного медицинкого института в развития науки и образавания” ) mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashmoqda.
Forum doirasida K.Salohiddinov Dushanbe davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston) va Qarag‘anda davlat tibbiyot universiteti (Qozog‘iston) bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Shuningdek, Dushanbe davlat tibbiyot universitetidagi simulyatsiya markazi, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.