alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “SOG‘LOM TURMUSH” MCHJ RAHBARI, TIBBIYOT FANLARI NOMZODI, DOTSENT JALILOV SHUKURILLO XUDOYBERDIYEVICH BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

14:19 14.09.2023

Bugun, Andijon davlat tibbiyot institutida “Sog‘lom turmush” medali va “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Jalilov Shukurillo Xudoyberdiyevich  institut talabalari bilan uchrashdi.

Sh.Jalilov hozirda Andijon viloyatidagi “Sog‘lom turmush” MCHJ klinikasi, “Isbotli tibbiyot”, “Xudoyberdi Jalilov” MCHJlar ta’sischisi va rahbari hisoblanadi.

Uchrashuv davomida tadbirkor bugungi kunga qadar erishgan yutuqlari zamirida yillar davomida sabr bilan qilingan mehnat, harakat va albatta ilm olish turganini alohida ta’kidladi.  Ayniqsa, yoshlikda olingan bilim kishilar bilan hamisha birga bo‘ladigan tuganmas boylik va do‘st bo‘lishini aytib o‘tdi.

  • Hech bir yetuk mutaxassis yo‘qki, uning yutuqlarini asosi ilm va izlanish bo‘lmagan. Shuning uchun siz bo‘lajak shifokorlarga tilagim ilm olishdan aslo to‘xtamang. Bilim – bu sizni hech tark etmas boyligingiz. Ilmga asoslangan amaliyot bilan shug‘ullaning ana o‘shanda chinakkam muvaffaqiyatga erishasiz – deya, o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi Sh.Jalilov.

U tadbirkorlik faoliyati davomida barcha uchun birdek sinovli pandemiya paytida “Sog‘lom turmush” klinikasida 300 nafardan ziyod Covid-19 kasalligiga chalingan viloyat aholisini bepul va imtiyozli kompyuter tomografiya tekshiruvidan o‘tkazdi. Respublika miqyosida 100 dan ziyod miyasida nuqsoni bor, aqliy va jismoniy tomondan rivojlanishdan ortda qolayotgan yosh bolalarni imtiyozli davoladi. Bu kabi xayrli ishlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Shifokor chet ellik bemorlarni davolash bo‘yicha viloyatda birinchilar qatoridan joy olgan. Birgina 2022-yil misolida aytganda u statsionar va ambulator sharoitda davolanish uchun kelgan 6000 nafardan ziyod xorijlik bemorlarni davolagan.

Tadbir davomida yoshlarning tadbirkorlik va tibbiyot sohasini eng yaxshi mutaxasssislaridan bo‘lib yetishish borasidagi savollariga uchrashuv qahramoni tomonidan batafsil javob berildi.

Bu kabi uchrashuvlar albatta talaba-yoshlarni o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yib, ular tomon dadil odimlashlariga muhim turtki vazifasini o‘taydi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!