Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilari va volontyor talaba-yoshlari tomonidan faol ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, bugun ham bir guruh mutaxassislar “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” mavzusida Izboskan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxonada targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilib, bemorlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatdilar.
Ushbu ishchi guruh terapevt, kardiolog, akusher-ginekolog, xirurg, pediatr va infeksionist mutaxassislaridan iborat bo‘lib, ular tomonidan ushbu yo‘nalishlardagi bo‘limlarda davolanayotgan 99 nafar bemorlar ko‘ruvdan o‘tkazildi. Shuningdek 12 nafar muhokama qilinishi zarur bo‘lgan bemorlar konsilium qilinib, ularga davolash rejalari tuzib berildi. Tadbir davomida shifoxona shifokorlariga yo‘nalishlar bo‘yicha seminarlar tashkil qilinib, bemorlarga sog‘lom turmush tarzi va tibbiy madaniyat bo‘yicha tushunchalar berilib, tarqatma materiallar taqdim etildi.
Shuningdek, institutning “Volontyolar” jamoasi a’zolari mahallalarda bo‘lib, aholi vakillari orasida sog‘lom turmush tarsi targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdilar.