Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2-o‘quv binosida joylashgan kafedralarda o‘rganish ishlari olib borilib, profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Bo‘lim xodimlari tomonidan o‘quv jarayonlarining borishi, moddiy-texnika bilan ta’minlanganligi o‘rganildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘laylik” mavzusida profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, unda korrupsiya illati va uning keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar aytib o‘tildi.
Har bir ishda hamjihatlik muhim bo‘lgani kabi korrupsiyaga qarshi kurashda ham barcha birdek ogoh bo‘lgan holda harakat qilishi muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida talabalarning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga doir takliflari tinglandi.