INSTITUTGA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGENTLIGI DIREKTORI TASHRIF BUYURDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTGA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGENTLIGI DIREKTORI TASHRIF BUYURDI

21:27 20.09.2023

Bugun, 20-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligida ishchi guruh tashrif buyurdi.

Ularni institut rektori M.Madazimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Korrupsiyaga qarshi kurash va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov kutib oldi va institutda talabalarning sifatli ta’lim olishi, amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.

Tanishuv jarayonida simulyatsiya, IT markazlari ularning zamonaviy kompyuterlar, simulyatsion jihozlar, mulyajlar va ularda talabalarning ishlash jarayonlari namoyish qilindi. Institutda raqamlashtirish yo‘lga qo‘yilganligi va buning natijasida ochiqlik va shaffolik taminlanayotganligi bilan ham tanishtirildi.

Shuningdek, institut rektori tomonidan prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2021-yil sentabr oyida institut klinikasiga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari yuzasidan, ADTI klinikasi va institutning yangi o‘quv binosida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari va ularning zamon talabalariga to‘la javob beradigan jahon andozalariga mos xorijiy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlanayotganligi haqida taqdimot shaklida ma’lumot berildi.

O‘z navbatida institutda korrupsiyani oldini olish va unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar bilan tanishtirildi va A.Burxanov tomonidan shu kabi profilaktik tadbirlarni yanada ko‘paytirish, korrupsiyaning salbiy oqibatlari aks etgan videoroliklar tayyorlash yuzasidan tavsiyalar berdi.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov jarayonlar bilan tanishar ekan institutdagi o‘zgarish va yangiliklardan mamnun ekanligi bildirdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!