Bugun, 20-sentabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Taʼlim muassasalari faoliyatini tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi Sherzod Neʼmatov boshchiligida ishchi guruh tomonidan Andijon davlat tibbiyot institutidagi o‘quv-uslubiy ishlar holati o‘rganildi.
Ishchi guruh a’zolari institutdagi simulyatsiya markazi, kafedrlardagi faoliyatlar, dars jarayonlari va anatomiya muzeyida bo‘lib talabalarning bilim olishlari va amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
O’rganish davomida institutda o’tgan bir yil davomidagi o’quv-uslubiy yo’nalishda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. O’rganish natijasi bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tegishli mas’ullarga ko’rsatmalar berildi.