Bugun, 26-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Talabalar turar joyida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov tomonidan tyutorlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
Tyutorlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, kelgusi ishlarni belgilab berish maqsadida tashkil qilingan ushbu uchrashuvda talabalar bilan ishlash, ularni dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida qatnashishlarini nazorat qilish, yashash joylarini ozodaligiga e’tiborli bo‘lishlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bo‘lib o‘tgan muloqotda tyutorlarning ish faoliyati bilan bog‘liq muammolar va kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, ularning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va kelgusidagi rejalar belgilab olindi.