Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov tomonidan Talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda talabalarga institutda va yotoqxonada ham odob-axloq qoidalariga rioya qilish, xonalarni ozoda saqlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, sport va hunar to‘garaklari haqida ma’lumot berildi. Tadbir davomida talabalarning ham muammo va takliflari tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.