Andijon davlat tibbiyot institutida ta’lim turizmini rivojlantirish yo‘lida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Hindiston davlatida institutning 3 ta, Janubiy koreyada 1 ta vakolatli ofisi faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda institutda 500 nafardan ziyod xorijlik talabalar tahsil olmoqda va ularning safi yildan yilga kengayib bormoqda.
Joriy yilning 28-sentabr kuni ham Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olish maqsadida 83 nafar hindistonlik yoshlar viloyatimizga yetib keldi.
Ularni institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limi vakillari va “Volontyorlar” guruhi a’zolari Namangan xalqaro aeroportida kutib oldi.
Institut vakillari va volontyor yoshlar xorijlik talabalar bilan ikki viloyat o‘rtasidagi yo‘l davomida suhbatlashib, yurtimiz haqida ma’lumotlar berib, tanishtirib keldilar.
Barcha xorijlik talabalar shinam, zamonaviy uslubda jixozlangan “Talabalar uyi” ga joylashtirildi.