alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

E’ZOZIMIZDASIZ AZIZ USTOZLAR!

13:19 30.09.2023

Ustoz – ilk bora qo‘llarimizdan tutib, bizni to ilmning cho‘qqisiga qadar yetkazgan, bizni hamisha qo‘llab-quvvatlab, yutuqlarimizdan bizdanda ziyoda quvongan zahmatkash inson. Shu bois biz ham ularni doimo qadrlaymiz, ardoqlaymiz.

 

Bugun, Andijon davlat tibbiyot institutida 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “E’zozimizdasiz aziz ustozlar!” mavzusida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Erta tongdan bayramona bezatilgan institut hovlisida goʻzal kuy-qoʻshiq va raqslar bilan professor-oʻqituvchilar tantanali kutib olindi. Talabalar tomonidan ularga gullar va bayram tabriklari taqdim etildi.

Bayramning ochilish marosimida institut rektori M.Madazimov institutning fidokor professor-o‘qituvchilarini bayram tabrikladi va ularning ilmiy faoliyati, talabalarga ta’lim va tarbiya berishdek mashaqqatli faoliyatlarida omad va zafarlar tiladi. Qurib bitkazilayotgan yangi o’quv binosida amalga oshirilayotganjadal ishlar, uning imkoniyatlari va qulayliklari  haqida ham so’z yuritdi.

Shundan so’ng, barcha professor-o‘qituvchilarga institut rektorining bayram sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng, tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Unda iqtidorli talabalar tomonidan ustozlarni tarannum etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Andijon viloyat filarmoniyasi xonandalari tomonidan ijro etilgan sho‘x qo‘shiqlar yig‘ilganlarni raqsga chorladi.

Bayram tadbirlari institutning kafedralarida davom etmoqda.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!