Andijon davlat tibbiyot institutining bir guruh fidokor ustozlari alohida e’tirof etilib, ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.
Ulardan Bolalar jarrohligi kafedrasi mudiri B.Mirzakarimov, Umumiy xirurgiya kafedrasi mudiri H.Musashayxov, Ilmiy bo‘lim boshlig‘i G.Mamatxo‘jayeva, “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan;
O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsent M.Qo‘ziboyeva “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan;
Yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri D.Mirzakarimova hamda Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi dotsenti R.Yuldashev Sog‘liqni saqlash vazirligi “Tashakkurnoma”si bilan taqdirlandilar.
Mukofotlar o‘z egalariga Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida boshqarma boshlig‘i A.Mirzajonov hamda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov tomonidan tantanali tarzda topshirildi.
Barcha ustozlarimizni ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz.