Andijon davlat tibbiyot institutida ta’lim turizmini rivojlantirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda institutda 500 nafardan ortiq xorijiy fuqarolar tahsil olayotgan bo‘lsa, 2023-2024-o‘quv yilida chet el fuqaroligi bor talabalar sonini oshirish reja asosida amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha, 100 nafardan ortiq xorijiy abituriyentlarning qabul imtihoni bo‘lib o‘tdi. Imtihonda abituriyentlarning biologiya, kimyo fanlari va ingliz tilidan egallagan bilimlari suhbat asosida sinovdan o‘tkazildi. Imtihon jarayonlari Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov, Xalqaro bo‘lim boshlig‘i F.Rasulov, institut Qabul komissiyasi a’zolari tomonidan kuzatib borildi. Fanlar bo‘yicha mutaxassislar savol-javob tarzida abituriyentlarning bilimlarini baholadilar.