Bugun, 13-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-sonli qarorining ijrosi yuzasidan talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig‘i D.Matmusayev, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda ijarada yashayotgan talabalar uyiga borib, ularning sharoitlari bilan tanishish, texnika xafvsizlik qoidalari haqida tushuntirishlar olib borish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.
Ishchi guruh tomonidan talabalarning hujjatlari o‘rganilib, tegishli mezonlarga to‘laqonli mos keluvchi 163 nafar talabaning ijara to‘lovi asosli deb topildi va ijara to‘lovini bir qismini qoplab berish tizimiga qo‘shilishiga taklif kiritildi.