RASMIY MUNOSABAT – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

RASMIY MUNOSABAT

11:40 15.10.2023

Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarda ADTI klinikasi qabul bo‘limi hamshiralari nomidan “ish haqlarini kam olishlari” to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.  Ushbu holat yuzasidan o‘rganishlar olib borildi va unga ko‘ra quyidagilarni maʼlum qilamiz.

ADTI klinikasi Qabulxona bo‘limining barcha hamshiralari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda telegram kanaliga yozilgan murojaat qabulxona bo‘limi hamshiralari tomonidan yozilmaganligi aniqlanib, murojaatdagi holatlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Maʼlumot tariqasida quydagilarni keltirishni lozim topdik. Amaldagi tartiblar bo‘yicha hamshiralar ish stajiga qo‘shimcha haq olishlari uchun 5 yil ish stajiga ega bo‘lishlari kerak.

ADTI klinikasida uchta yo‘nalishda ish haqi to‘lanadi:

  1. Shoshilinch xizmat hisobida ishlovchi xodimlarga davlat byudjeti hisobidan ish haqi to‘lovlari o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshiriladi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–5199-sonli qaroriga asosan klinika tibbiy sug‘urta yo‘nalishiga o‘tgan bo‘lib, oylik ish haqlarini hisoblashda davolangan bemorlarga qarab, tushgan mablag‘ hisobidan ish haqi to‘lovlari amalga oshiriladi.
  3. Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish hisobida ishlovchi xodimlarga ish haqqi to‘lashda ishlab topilgan mablag‘lar hisobidan oylik bajarilgan reja ko‘rsatkichlari (foizi)ga nisbatan ish haqi to‘lovlari amalga oshiriladi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!